Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Doping – jinoyat!”: sog‘lom turmush va halol sportni targ‘ib etishga qaratilgan chellenj o‘tkazildi
09.04.2026 soat 16:16Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot28
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Doping – jinoyat!” shiori ostida chellenj tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida talabalar sport faoliyatida taqiqlangan vositalardan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida xabardor qilinib, ular orasida toza va halol raqobat muhitini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, chellenj orqali yoshlar ongida sog‘lom turmush tarziga sodiqlik, sport etikasi va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish ko‘zda tutildi.







