Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

OTA-ONALAR VA INSTITUT HAMKORLIGI – TA’LIM VA TARBIYA SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

OTA-ONALAR VA INSTITUT HAMKORLIGI – TA’LIM VA TARBIYA SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

16.10.2026 soat 18:06YangiliklarMatbuot151 daqiqada o'qiladi
     Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Pedagogika fakultetining birinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

      Unda institut rektori Sherzod Urakov, prorektorlar hamda talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov ishtirok etdi.

      Yig‘ilishni institut rektori Sherzod Urakov ochib berdi. Ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shuningdek, institut va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtaldi.
Tadbir davomida fakultet dekanati tomonidan talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, intizomi hamda institut ijtimoiy hayotidagi faolligi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

      Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda ota-onalar farzandlarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi yutuqlari va mavjud muammolari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash va ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

      Yig‘ilish doirasida o‘qishda yuqori natijalarga erishayotgan, namunali xulqi va intizomi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Bu e’tirof ota-onalarning farzandlar ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori va mas’uliyatini qadrlashning yorqin ifodasi bo‘ldi.

      Yig‘ilish yakunida ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirish, talabalarning bilimli, ma’naviyatli va mas’uliyatli mutaxassislar bo‘lib kamol topishida institut jamoasi hamda ota-onalar hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar14

Ulashish: