Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Ta’lim sifati va samaradorligi oyligi” doirasida seminar-trening o‘tkazildi

“Ta’lim sifati va samaradorligi oyligi” doirasida seminar-trening o‘tkazildi

14.04.2026 soat 09:21SeminarlarMatbuot191 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026-yil 1-apreldan 30-aprelga qadar “Ta’lim sifati va samaradorligi oyligi” deb e’lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda “Ta’limda sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda institutning professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Mazkur seminar-trening kelgusida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va institutda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: