Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” va “Workshop” tadbiri o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” va “Workshop” tadbiri o‘tkazildi

28.04.2026 soat 17:04YangiliklarMatbuot27

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-martdagi 84-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda bitiruvchilar bandligini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” hamda “Workshop” (amaliy seminar-trening) tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Hamkorbank rahbari o‘rinbosari X.Raxmonov, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi vakili Q.Sanayev, shuningdek Kattaqo‘rg‘on shahar va tuman umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Ular mavjud vakant ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda yosh mutaxassislarning mehnat faoliyatini boshlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: