Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Tailandlik hamkorlar uchun Samarqandning tarixiy qadamjolariga madaniy ziyorat tashkil etildi

Tailandlik hamkorlar uchun Samarqandning tarixiy qadamjolariga madaniy ziyorat tashkil etildi

28.04.2026 soat 14:28YangiliklarMatbuot221 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektorining xalqaro hamkorlik doirasida tashkiliy ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 120-ij-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutimiz professor-o‘qituvchilari N.Ruziyeva, Sh.Yuldashev, T.Xamidov hamda yo‘nalish tyutori D.Abdumurodovlar boshchiligida Tailandning Valailak universiteti vakillari Asst. Prof. Dr. Kiki Juli Anggoro, Ms. Kedkarn Phanwiriyarat (MBA) va Ms. Adeelah Ayae (MA) uchun Samarqand viloyatidagi tarixiy va diqqatga sazovor qadamjolarga ziyorat tashkil etildi.
Tashrif davomida xorijiy mehmonlarga yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy me’moriy obidalari hamda milliy qadriyatlari keng tanishtirildi. Mazkur sayohat ikki tomonlama madaniy almashinuvni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qildi. Xorijlik mehmonlar esa o‘z navbatida yurtimiz tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari ortganini ta’kidladilar.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: