Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

9-may: Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tkazildi

9-may: Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tkazildi

06.05.2026 soat 15:38YangiliklarMatbuot36

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dekan o‘rinbosarlari hamda yo‘nalish tyutorlari boshchiligida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-maktabga tashrif buyurib, xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan vatandoshimiz Ulug‘bek Barnayev byusti poyiga gul qo‘yib, uning porloq xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.
Shuningdek, Pedagogika fakulteti talabalari Motamsaro ona haykali hamda H. Samadovlar oilasi monumenti poyiga gul qo‘yib, o‘tganlar xotirasini ehtirom bilan yod etdilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: