
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti dekan örinbosarlari hamda yönaliş tyutorlari boşçiligida 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Jumladan, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari Kattaqörğon şahridagi 16-maktabga taşrif buyurib, xizmat burçini bajariş çoğida qahramonlarça halok bölgan vatandoşimiz Uluğbek Barnayev byusti poyiga gul qöyib, uning porloq xotirasiga çuqur hurmat bajo keltirdilar.
Şuningdek, Pedagogika fakulteti talabalari Motamsaro ona haykali hamda H. Samadovlar oilasi monumenti poyiga gul qöyib, ötganlar xotirasini ehtirom bilan yod etdilar.