Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Profilaktik faoliyat samaradorligi yuqori baholandi

Profilaktik faoliyat samaradorligi yuqori baholandi

17.07.2026 soat 09:35YangiliklarMatbuot271 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida 2025–2026-yillarning o‘tgan davri davomida giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oliy ta’lim muassasalari tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar namoyish etildi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori Shomurod Mustafayev, institut yoshlar yetakchisi, institut psixologi hamda profilaktika inspektori tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar, targ‘ibot ishlari va hamkorlikdagi faoliyat yuzasidan hisobot berilib, amalga oshirilgan ishlar taqdimot orqali yoritildi.
Taqdim etilgan hisobot, amalga oshirilgan ishlarning tizimliligi yuqori baholandi.

文件

Ulashish: