Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Rektor “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Rektor “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

02.09.2026 soat 12:07YangiliklarMatbuot211 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida 2-sentabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov ishtirok etib, o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, maktabning 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘quvchilarda unutilmas taassurot qoldirib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va katta ishonch bilan boshlashlariga zamin yaratdi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: