Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Is gazidan zaharlanishning oldini olish  muhim vazifa

Is gazidan zaharlanishning oldini olish muhim vazifa

24.09.2026 soat 17:40SeminarlarMatbuot221 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumida talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda Kattaqo‘rg‘on shahar FVB boshlig‘i, podpolkovnik Z.Atayorov, Kattaqo‘rg‘on shahar FVB inspektori, mayor S.Samatov hamda institutning fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi A.Eshonqulov ishtirok etdi.
O‘quv-seminar davomida talabalarga kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: