Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

BIOLOGIYAGA DOIR YANGI USLUBIY QO'LLANMA

BIOLOGIYAGA DOIR YANGI USLUBIY QO'LLANMA

11.06.2025 soat 16:09Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot341 daqiqada o'qiladi

Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Umida bozorova hamda boshqa mualliflar tomonidan "Biologiyani o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan amaliy mashg'ulotlar" nomli uslubiy qo'llanma nashr qilindi.

Mazkur uslubiy qoʻllanmada “Biologiyani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanini oʻqitishda mavzularni puxta oʻzlashtirishni taʼminlovchi mazmunan va shaklan turlarga moslashtirilgan innovatsion metodlar asosida tuzilgan qiziqarli topshiriqlar, nostandart testlar hamda uslubiy koʻrsatmalar ifoda etilgan. Shuningdek, har bir mavzu boʻyicha mamlakatimiz yetakchi olimlarining ilmiy manbalaridan foydalangan holda qisqa shakldagi nazariy maʼlumotlar ham berib oʻtilgan.

Uslubiy qoʻllanmadan biologiya taʼlim yoʻnalishi talabalari, professor-oʻqituvchilar va shu bilan bir qatorda sohaga qiziquvchilar ham birdek foydalanishlari mumkin.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: