Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

INSTITUTGA QANDAY O'QITUVCHILAR ISHGA QABUL QILINMOQDA?

INSTITUTGA QANDAY O'QITUVCHILAR ISHGA QABUL QILINMOQDA?

20.08.2025 soat 14:12YangiliklarMatbuot961 daqiqada o'qiladi

Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida 2025-2026-o'quv yili uchun salohiyatli o'qituvchilarni jalb qilish maqsadida ma'lum mutaxassisliklar bo'yicha tanlov e'lon qilingan edi.

Bugun, 20-avgust kuni mazkur tanlov bo'yicha hujjat topshirgan talabgor professor-o'qituvchilar uchun ilm sinov jarayonlari boshlandi.

Tanlov avvalida prorektorlar, o'quv jarayoni uchun mas'ul bo'lgan rahbarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vakillar ishtirokida mazkur tanlov talablari, ochiq va shaffof tizim haqida ma'lumot berildi.

Talabgorlar diktant yozdi, axborot texnologiyalaridan xabardorlik darajasi, ijtimoiy-siyosiy hamda mutaxassisligiga oid test topshirishdi.

Darhaqiqat, mazkur sinovlardan 3, 4 va 5 baholar bilan baholangan o'qituvchilar institut komissiyasi tarkibi ishtirokida ochiq dars o'tishadi. Yuqori ilmiy salohiyatga hamda malaka va tajribaga ega ustozlar ishga qabul qilinadi.

Qo'shimcha rasmlar10

Ulashish: