Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Mening sevimli kitobim: Oltin zanglamas

Mening sevimli kitobim: Oltin zanglamas

14.11.2025 в 09:32UchrashuvlarMatbuot461 мин. чтения

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Mashxura Kushanova tomonidan 1-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalariga “Mening sevimli kitobim” shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda talabalar Shuhratning “Oltin zanglamas” romani asosida o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.
Talabalar asarning mazmuni va qahramonlari hayoti yuzasidan fikr almashdilar. Ular yoshlar orzu-umidlari, mehnatga, do‘stlikka va halollikka bo‘lgan munosabatlari, shuningdek bosh qahramonlarning urushdan keyingi og‘ir yillarda yashaganlari va shunga qaramay yurt ravnaqi uchun mehnat qilishlari, bilim olishga intilishlari hamda vijdonan yashashlari haqida so‘zlab berdilar.
Muallif Shuhrat yosh avlodni “oltin” deb ataydi, ya’ni ularning ichki pokligi, halolligi va g‘ayrati oltinday qadrlidir. Shu bilan birga, muallif ogohlantiradi: inson o‘z pokligini asrasa, haqiqiy insoniy fazilatlar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolmaydi. Shu sababli romanning nomi “Oltin zanglamas” deb qo‘yilgan.
Tadbir talabalarga badiiy asarni chuqurroq tushunish, qahramonlarning hayotiy qadriyatlarini o‘rganish va o‘z hayotlarida ulardan ibrat olish imkonini berdi.

Дополнительные фото2

Поделиться: