
Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim kafedrasi öqituvçisi Maşxura Kuşanova tomonidan 1-kurs psixologiya yönalişi talabalariga “Mening sevimli kitobim” şiori ostida badiiy keça taşkil etildi. Tadbirda talabalar Şuhratning “Oltin zanglamas” romani asosida öz çiqişlarini taqdim etdilar.
Talabalar asarning mazmuni va qahramonlari hayoti yuzasidan fikr almaşdilar. Ular yoşlar orzu-umidlari, mehnatga, döstlikka va halollikka bölgan munosabatlari, şuningdek boş qahramonlarning uruşdan keyingi oğir yillarda yaşaganlari va şunga qaramay yurt ravnaqi uçun mehnat qilişlari, bilim olişga intilişlari hamda vijdonan yaşaşlari haqida sözlab berdilar.
Muallif Şuhrat yoş avlodni “oltin” deb ataydi, yaʼni ularning içki pokligi, halolligi va ğayrati oltinday qadrlidir. Şu bilan birga, muallif ogohlantiradi: inson öz pokligini asrasa, haqiqiy insoniy fazilatlar vaqt ötişi bilan yöqolmaydi. Şu sababli romanning nomi “Oltin zanglamas” deb qöyilgan.
Tadbir talabalarga badiiy asarni çuqurroq tuşuniş, qahramonlarning hayotiy qadriyatlarini örganiş va öz hayotlarida ulardan ibrat oliş imkonini berdi.