Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

INSTITUTDA 1-DEKABR – OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI TADBIRLARI

INSTITUTDA 1-DEKABR – OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI TADBIRLARI

01.12.2025 в 17:13YangiliklarMatbuot531 мин. чтения

1-dekabr — Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bir qator tadbirlar o‘tkazildi
1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni doirasida talabalarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifokori Qobiljon Ismoilov ishtirok etib, talabalarga OITSning mazmun-mohiyati, kasallikning yuqish omillari, uni oldini olish choralar hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarda hushyorlik, mas’uliyat va shaxsiy salomatlikka jiddiy e’tibor bilan yondashish madaniyatini shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur sana munosabati bilan Pedagogika fakulteti rahbariyati hamda institut talabalari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus chellenj ham tayyorlandi.
Chellenjda yoshlarning OITSga qarshi kurash borasida xabardorligini oshirish, ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish va profilaktik tadbirlarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ko‘zda tutilgan.
Tadbir institutda sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini targ‘ib qilish, talabalarda tibbiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qildi.

Дополнительные фото7

Поделиться: