
1-dekabr — Xalqaro OITSga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida bir qator tadbirlar ötkazildi
1-dekabr – Xalqaro OITSga qarşi kuraşiş kuni doirasida talabalarning tibbiy madaniyatini oşirişga qaratilgan davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Kattaqörğon şahar Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar şifokori Qobiljon Ismoilov iştirok etib, talabalarga OITSning mazmun-mohiyati, kasallikning yuqiş omillari, uni oldini oliş çoralar hamda soğlom turmuş tarziga amal qilişning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, yoşlarda huşyorlik, masʼuliyat va şaxsiy salomatlikka jiddiy eʼtibor bilan yondaşiş madaniyatini şakllantiriş zarurligi alohida taʼkidlandi.
Mazkur sana munosabati bilan Pedagogika fakulteti rahbariyati hamda institut talabalari tomonidan soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga qaratilgan maxsus çellenj ham tayyorlandi.
Çellenjda yoşlarning OITSga qarşi kuraş borasida xabardorligini oşiriş, ijtimoiy faolligini rağbatlantiriş va profilaktik tadbirlarning ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş közda tutilgan.
Tadbir institutda soğlom va xavfsiz hayot tarzini tarğib qiliş, talabalarda tibbiy savodxonlikni yuksaltirişga xizmat qildi.