Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Kafedra oyligi doirasida “Translation Theory and Practice” qo‘llanmasi namoyish etildi

Kafedra oyligi doirasida “Translation Theory and Practice” qo‘llanmasi namoyish etildi

04.12.2025 в 15:53Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot281 мин. чтения

Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Nafisa Sattorovaning “Translation Theory and Practice” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ingliz tilidagi matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan leksik, grammatik va frazeologik murakkabliklarni yengishda talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘mak berishga qaratilgan. Qo‘llanma tarjima jarayonining poydevorlarini chuqur o‘rganishga xizmat qilib, darslar, misollar va mashqlar orqali tarjimonlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, matnning konteksti, uslubi va ruhiy ohangini saqlab qolish bo‘yicha samarali metodlar taqdim etilgan.
Asarda milliy rangga ega bo‘lgan so‘z va iboralarni to‘g‘ri, ehtiyotkorlik bilan tarjima qilishga oid yondashuvlar, ma’no va konnotatsiyalarni hisobga olish, stilistik moslikka erishish, ekvivalent tanlash tavsiyalar keng yoritilgan bo‘lib, bu jarayon talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kafedra oyligi doirasida mazkur o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazilib, unda talabalarga qo‘llanmaning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Дополнительные фото1

Поделиться: