
Xorijiy tillar kafedrasi öqituvçisi Nafisa Sattorovaning “Translation Theory and Practice” nomli öquv qöllanmasi çop etildi.
Mazkur öquv qöllanma ingliz tilidagi matnlarni özbek tiliga tarjima qiliş jarayonida uçraydigan leksik, grammatik va frazeologik murakkabliklarni yengişda talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy kömak berişga qaratilgan. Qöllanma tarjima jarayonining poydevorlarini çuqur örganişga xizmat qilib, darslar, misollar va maşqlar orqali tarjimonlik könikmalarini mustahkamlaşga yordam beradi. Şuningdek, matnning konteksti, uslubi va ruhiy ohangini saqlab qoliş böyiça samarali metodlar taqdim etilgan.
Asarda milliy rangga ega bölgan söz va iboralarni töğri, ehtiyotkorlik bilan tarjima qilişga oid yondaşuvlar, maʼno va konnotatsiyalarni hisobga oliş, stilistik moslikka erişiş, ekvivalent tanlaş tavsiyalar keng yoritilgan bölib, bu jarayon talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Kafedra oyligi doirasida mazkur öquv qöllanmaning taqdimoti ötkazilib, unda talabalarga qöllanmaning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.