Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutimiz o‘qituvchisining Scopus bazasida ilmiy maqolasi e’lon qilindi

Institutimiz o‘qituvchisining Scopus bazasida ilmiy maqolasi e’lon qilindi

22.12.2025 в 15:24Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot371 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi assistent-o‘qituvchisi E.S. Shukurovning “Remote Sensing Image Segmentation: Methods and Evaluation Metrics” nomli ilmiy maqolasi dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari – Scopus va Web of Science tarkibiga kiruvchi nufuzli jurnalda e’lon qilindi.
Maqolada rasmlar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini aniq bo‘laklarga ajratish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy sun’iy intellekt usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Deep Learning va Transformer modellari chuqur tahlil qilinib, tasvirlardagi shovqin, soyalar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashdagi muammolarga samarali yechimlar taklif qilingan.
Ushbu tadqiqot kelajakda yanada samarali va aqlli segmentatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Дополнительные фото1

Поделиться: