
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi assistent-öqituvçisi E.S. Şukurovning “Remote Sensing Image Segmentation: Methods and Evaluation Metrics” nomli ilmiy maqolasi dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalari – Scopus va Web of Science tarkibiga kiruvçi nufuzli jurnalda eʼlon qilindi.
Maqolada rasmlar va sunʼiy yöldoş tasvirlarini aniq bölaklarga ajratiş uçun qöllaniladigan zamonaviy sunʼiy intellekt usullari batafsil yoritilgan. Şuningdek, Deep Learning va Transformer modellari çuqur tahlil qilinib, tasvirlardagi şovqin, soyalar va katta hajmdagi maʼlumotlar bilan işlaşdagi muammolarga samarali yeçimlar taklif qilingan.
Uşbu tadqiqot kelajakda yanada samarali va aqlli segmentatsiya texnologiyalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.