Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari seminar-trening tajribasini institutda tatbiq etdi

Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari seminar-trening tajribasini institutda tatbiq etdi

27.12.2025 в 15:52SeminarlarMatbuot301 мин. чтения

Joriy yilning dekabr oyida Britaniya Kengashi tomonidan PRESETT dasturi doirasida respublika oliy ta’lim muassasalari uchun Samarqand shahrida tashkil etilgan seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik usullar, interaktiv dars metodikalari va innovatsion o‘quv texnologiyalari bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Ushbu tajribalarni o‘z ta’lim jarayonida samarali tatbiq etish maqsadida, Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari institut doirasida maxsus seminar tashkil etib, o‘z hamkasblari bilan ilg‘or metodlarni muhokama qildilar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Shu tarzda, olingan bilimlar institutning ta’lim sifatini yanada oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatga aylantirildi.

Дополнительные фото3

Поделиться: