Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
INSTITUTDA QISHKI TA’TIL TARTIBI JORIY ETILDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar qishki ta’tilga jo‘nab ketishdi. Shu munosabat bilan institut talabalar turar joyidagi elektr, suv va issiqlik ta’minoti tejamkorlikka rioya qilgan holda to‘liq nazoratga olindi.
Talabalar qishki tatildan qaytgunicha, turar joylarda isitish moslamalari 10 daraja haroratga keltirilib, 24 soatlik navbatchilik tizimi tashkil qilindi. Bu tadbirlar xonada issiqlikni bir miyyorda saqlash va energiya resurslarini oqilona ishlatish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Institut rahbariyati talabalarni qishki ta’tildan samarali foydalanishga chaqirib, ularning xavfsiz va qulay sharoitlarda yashashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.







