
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talabalar qişki taʼtilga jönab ketişdi. Şu munosabat bilan institut talabalar turar joyidagi elektr, suv va issiqlik taʼminoti tejamkorlikka rioya qilgan holda töliq nazoratga olindi.
Talabalar qişki tatildan qaytguniça, turar joylarda isitiş moslamalari 10 daraja haroratga keltirilib, 24 soatlik navbatçilik tizimi taşkil qilindi. Bu tadbirlar xonada issiqlikni bir miyyorda saqlaş va energiya resurslarini oqilona işlatiş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Institut rahbariyati talabalarni qişki taʼtildan samarali foydalanişga çaqirib, ularning xavfsiz va qulay şaroitlarda yaşaşini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.