Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

O'QUV ADABIYOTLARI — TA'LIMDA SIFAT KO'RSATKICHINING ASOSI!

O'QUV ADABIYOTLARI — TA'LIMDA SIFAT KO'RSATKICHINING ASOSI!

07.05.2025 в 18:41YangiliklarMatbuot521 мин. чтения

Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish maqsadida Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo'limi boshlig'i Jahongir Usmonov Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filialida bo'ldi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida filialimizga kelgan vakil o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Sirojiddin Elmonov hamrohligida filial kutubxonasi bilan tanishdi.

Ta'kidlash joizki, Axborot-resurs markazi filialimizda raqamli texnologiyalar faoliyatda keng qo'llanilayotgan bo'limlardan biridir. Bugun zarur o'quv adabiyotlarni oson, qulay, eng muhimi qisqa fursatda skanerlash, elektron tizimga kiritish, talabalarga kitob tarqatish va uni qayd etish, o'z vaqtida qaytarilmagan adabiyotlarni tezkor aniqlash va qaytarish kabi muhim vazifalar barchasi raqamlashtirilgan.

Mutaxassis bu kabi ishlar bilan tanishib, ARM faoliyatini alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, bugun muassasa professor-o'qituvchilari tomonidan nashr qilingan darslik, o'quv qo'llanmalar bilan ham tanishdi. Jumladan, xorijiy tillar kafedrasining bu boradagi sa'y-harakatlarini ko'zdan kechirdi. Vazirlik vakili o'quv dasturlari bilan tanishib, shu asosda o'quv qo'llanma va darsliklarning mavjudligiga alohida e'tibor qaratdi hamda mas'ullar va professor-o'qituvchilarga o'z tavsiyalarini berdi.

Дополнительные фото8

Поделиться: