Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
URUSHNING MASH'UM KO'RGULIKLARI QALBLARDA HAMON...
SamDU Kattaqo'rg'on filialida Xorijiy tillar kafedrasining "Ma'naviyat oyligi"ga start berildi.
Oylik doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan kafedra o'qituvchilari Zarina Murtazoyeva hamda Shaxnoza Berdiqulova tashabbusi bilan Xorijiy tillar yo'nalishining bir guruh talabalari bilan birgalikda tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetining dekani Anvar Sobirov, dekan o'rinbosari Jasur Abduraxmonov so'zga chiqdi. O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Yulduz Xolxo'jayeva ma'ruza qildi.
Talabalar asarlar asosida urush davri voqeliklari. xalqimiz boshidan ko'rgan-kechirganlarini sahnada ijro etishdi.








