Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Ona tilimizga ehtirom – milliy qadriyatlarimizga ehtirom!

16.10.2026 в 17:39Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot31 мин. чтения
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining “Lider qizlar” jamoasi tomonidan ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining betakror jozibasi, boy imkoniyatlari hamda adabiy me’yorlarini keng targ‘ib etish maqsadida institut binolarining ichki va tashqi qismidagi kundalik hayotda rus tili ta’sirida qo‘llanayotgan so‘zlar o‘rniga o‘zbek tilining adabiy me’yorlariga mos muqobillari yozilgan eslatmalar joylashtirildi. Jumladan, “lyuboy” so‘zi o‘rniga “har qanday”so‘zidan foydalanish tavsiya etildi.

Mazkur tashabbus talaba-yoshlar va institut jamoasi o‘rtasida davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, nutq madaniyatini yuksaltirish hamda kundalik muloqotda o‘zbek tilining adabiy me’yorlariga rioya etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ona tilimizni asrash, uning sofligini ta’minlash va nufuzini oshirish — barchamizning sharafli burchimiz!

Дополнительные фото2

Поделиться: