
SamDU Kattaqörğon filialida Xorijiy tillar kafedrasining "Maʼnaviyat oyligi"ga start berildi.
Oylik doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil qilinmoqda.
Jumladan, 9-may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan kafedra öqituvçilari Zarina Murtazoyeva hamda Şaxnoza Berdiqulova taşabbusi bilan Xorijiy tillar yönalişining bir guruh talabalari bilan birgalikda tadbir taşkil qilindi.
Tadbirda Pedagogika va tillarni öqitiş fakultetining dekani Anvar Sobirov, dekan örinbosari Jasur Abduraxmonov sözga çiqdi. Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi öqituvçisi Yulduz Xolxöjayeva maʼruza qildi.
Talabalar asarlar asosida uruş davri voqeliklari. xalqimiz boşidan körgan-keçirganlarini sahnada ijro etişdi.