Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
Ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-2-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda institut rektori Sherzod Urakov, prorektorlar hamda talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov ishtirok etdi.
Yig‘ilishni institut rektori Sherzod Urakov ochib, ta’lim sifati, talabalarning ilmiy va ijtimoiy faolligini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.

Yuqori o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlariga ega, intizomli va namunali talabalarning ota-onalariga
tashakkurnomalar topshirildi.
Yig‘ilish yakunida ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirishda institut hamda ota-onalar hamkorligining muhimligi ta’kidlandi.










