Asosiy mazmunga o'tish
Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

10.10.2026 soat 13:32Yig'ilishlarAniq va tabiiy fanlar fakulteti1681 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1-2-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

1J0A8544

Yig‘ilishda institut rektori Sherzod Urakov, prorektorlar hamda talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov ishtirok etdi.

Yig‘ilishni institut rektori Sherzod Urakov ochib, ta’lim sifati, talabalarning ilmiy va ijtimoiy faolligini oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.

1J0A8716
 Tadbir davomida fakultet dekanati tomonidan o‘quv jarayoni, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda institut ijtimoiy hayotidagi ishtiroki yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayonidagi yutuqlari va mavjud muammolari haqida fikr almashib, o‘z takliflarini bildirdilar.1J0A8662Yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega, intizomli va namunali talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.1J0A8751

Yig‘ilish yakunida ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirishda institut hamda ota-onalar hamkorligining muhimligi ta’kidlandi.

    

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: