Перейти к основному содержанию
На сайте идут технические работы: несколько минут некоторые разделы могут не работать.
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakovning “KREATIV PEDAGOGIKA” nomli darsligi nashr etildi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakovning “KREATIV PEDAGOGIKA” nomli darsligi nashr etildi

18.02.2026 в 11:53Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuot31

Mazkur darslik pedagogik bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Darslikda kreativ ta’lim jarayonining mazmun-mohiyati yoritilib, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, o‘z fikrini asosli va dalillarga tayangan holda bayon etishga, jamoa bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, nashr o‘qituvchilarga dars jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion usul va yondashuvlarni taqdim etadi.

Поделиться: