
Mazkur darslik pedagogik bakalavriat taʼlim yönalişida tahsil olayotgan talabalar hamda mustaqil örganuvçilar uçun möljallangan bölib, zamonaviy taʼlim jarayonida kreativ yondaşuvni şakllantirişga xizmat qiladi.
Darslikda kreativ taʼlim jarayonining mazmun-mohiyati yoritilib, öquvçilarni tanqidiy fikrlaşga, öz fikrini asosli va dalillarga tayangan holda bayon etişga, jamoa bilan samarali hamkorlik qiliş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Şuningdek, naşr öqituvçilarga dars jarayonini yanada qiziqarli, interaktiv va aniq maqsadga yönaltirilgan tarzda taşkil etiş imkonini beruvçi innovatsion usul va yondaşuvlarni taqdim etadi.