Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi

“Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi

25.03.2026 в 16:29SeminarlarMatbuot311 мин. чтения

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” hamda “Workshop” (amaliy seminar-trening) tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova viloyat Xalq banki boshlig‘ining o‘rinbosari Z.G‘affarova, viloyat Milliy bankining “Kelajakka qadam” markazi menejeri S.Sirojiddinov, viloyat Asaka banki eksperti E.Xalilov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassisi H.Sadullayev ishtirok etdi.
Bank tizimi vakillari tomonidan yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularning shartlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Hokimiyat vakillari esa tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, subsidiya ajratish tartiblari hamda mavjud imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Ishtixon va Nurobod tumanlaridagi texnikum direktorlar, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda inson resurslarini boshqarish uchun mas’ul xodimlar qatnashib, mavjud vakant ish o‘rinlari, shuningdek, rezyume tayyorlash, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish haqida bitiruvchilarga batafsil ma’lumot berdilar.

Дополнительные фото7

Поделиться: