
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişiga kömaklaşiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-61-son qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” hamda “Workshop” (amaliy seminar-trening) tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova viloyat Xalq banki boşliğining örinbosari Z.Ğaffarova, viloyat Milliy bankining “Kelajakka qadam” markazi menejeri S.Sirojiddinov, viloyat Asaka banki eksperti E.Xalilov hamda Kattaqörğon şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş markazi boş mutaxassisi H.Sadullayev iştirok etdi.
Bank tizimi vakillari tomonidan yoşlar uçun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularning şartlari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Hokimiyat vakillari esa tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, subsidiya ajratiş tartiblari hamda mavjud imtiyozlar yuzasidan tuşuntirişlar berdi.
Tadbirda Kattaqörğon, Paxtaçi, Narpay, Iştixon va Nurobod tumanlaridagi texnikum direktorlar, maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlari hamda inson resurslarini boşqariş uçun masʼul xodimlar qatnaşib, mavjud vakant iş örinlari, şuningdek, rezyume tayyorlaş, suhbatdan muvaffaqiyatli ötiş haqida bitiruvçilarga batafsil maʼlumot berdilar.