Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

DMTT direktorlari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti faoliyati bilan tanishdi

DMTT direktorlari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti faoliyati bilan tanishdi

15.05.2026 в 09:47TashriflarMatbuot231 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning ochilish marosimida Gavhar Alimova hamda Sobir Mirzayev ishtirok etdi. Tadbir davomida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shundan so‘ng tanlov ishtirokchilari Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarga institut rektori Sherzod Urakov boshchilik qilib, oliy ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining bilim va malakasini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar namoyish etildi.
Mazkur tashrif maktabgacha ta’lim tizimi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Дополнительные фото6

Поделиться: