
Kattaqörğon şahridagi 5-son maktabgaça taʼlim taşkilotida “Eng namunali maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori” körik-tanlovi bölib ötdi.
Tanlovning oçiliş marosimida Gavhar Alimova hamda Sobir Mirzayev iştirok etdi. Tadbir davomida maktabgaça taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, sohaga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş hamda taʼlim sifatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şundan söng tanlov iştirokçilari Kattaqörğon davlat pedagogika institutiga taşrif buyurdi. Mehmonlarga institut rektori Şerzod Urakov boşçilik qilib, oliy taʼlim muassasasida yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, pedagog kadrlar salohiyatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan taniştirdi.
Şuningdek, institut professor-öqituvçilari tomonidan maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilarining bilim va malakasini oşiriş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş hamda taʼlim sifati va samaradorligini yuksaltirişga qaratilgan öquv-uslubiy qöllanmalar namoyiş etildi.
Mazkur taşrif maktabgaça taʼlim tizimi va oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, tajriba almaşiş va taʼlim sifatini oşirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli böldi.