Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Tarixiy natija
Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport musobaqalarining yengil atletika bo‘yicha final bosqichida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Feruzbek Teshayev musobaqada tengsiz ekanini isbotladi.
U uch hatlab sakrash bahslarida 14,35 metr natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va musobaqaning faxrli 1-o‘rinini qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat institut sportchilari salohiyati va ularning sport sohasidagi izchil mehnatlari samarasining yorqin ifodasidir. Feruzbek Teshayevni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!!!





