
Toşkent şahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida ötkazilayotgan “Yangi Özbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport musobaqalarining yengil atletika böyiça final bosqiçida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti talabasi Feruzbek Teşayev musobaqada tengsiz ekanini isbotladi.
U uç hatlab sakraş bahslarida 14,35 metr natija körsatib, barça raqiblarini ortda qoldirdi va musobaqaning faxrli 1-örinini qölga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat institut sportçilari salohiyati va ularning sport sohasidagi izçil mehnatlari samarasining yorqin ifodasidir. Feruzbek Teşayevni uşbu yutuq bilan muborakbod etamiz!!!