Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi

08.09.2026 в 10:47YangiliklarMatbuot191 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
Mustaqillik bayrami xalqimizning ozod va farovon hayot yo‘lidagi tarixiy qadamlarini, milliy qadriyatlarimiz, tinchlik va osoyishtalikning yuksak qadrini namoyon etuvchi ulug‘ ayyomdir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan institutda yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga keng jalb etish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalarda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki ruhida, do‘stona raqobat va yuqori kayfiyatda o‘tdi.
Sport tadbirlari yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat va yurtimizning tinch va farovon kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Дополнительные фото7

Файлы

Поделиться: