
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari taşkil etildi.
Mustaqillik bayrami xalqimizning ozod va farovon hayot yölidagi tarixiy qadamlarini, milliy qadriyatlarimiz, tinçlik va osoyiştalikning yuksak qadrini namoyon etuvçi uluğ ayyomdir. Uşbu qutluğ sana munosabati bilan institutda yoşlarning vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaş, ularni soğlom va faol hayot tarziga keng jalb etiş maqsadida sport musobaqalari ötkazildi.
Musobaqalarda talabalar faol iştirok etib, özlarining çaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellaşuvlar kötarinki ruhida, döstona raqobat va yuqori kayfiyatda ötdi.
Sport tadbirlari yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat va yurtimizning tinç va farovon kelajagiga daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.