Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Bitiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borildi

Bitiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlar olib borildi

17.09.2026 в 17:10YangiliklarMatbuot231 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakovga Kattaqo‘rg‘on shahridagi O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi migratsiyadan qaytgan hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlar biriktirilgan.
Reja-grafikka muvofiq, mazkur mahalladagi yoshlarning ijtimoiy holati o‘rganilib, ulardan hol-ahvol so‘raldi. Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida yoshlar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari va ehtiyojlari tahlil qilindi. Aniqlangan masalalarni hal etish, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur ishlar yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan.

Дополнительные фото4

Поделиться: