
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Şerzod Urakovga Kattaqörğon şahridagi Örikzor mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi migratsiyadan qaytgan hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvçi yoşlar biriktirilgan.
Reja-grafikka muvofiq, mazkur mahalladagi yoşlarning ijtimoiy holati örganilib, ulardan hol-ahvol söraldi. Prezidentning yoşlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratildi. Örganiş jarayonida yoşlar bilan individual suhbatlar ötkazilib, ularning muammolari, qiziqişlari va ehtiyojlari tahlil qilindi. Aniqlangan masalalarni hal etiş, yoşlarning bandligini taʼminlaş hamda ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur işlar yoşlar bilan manzilli işlaş, ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, amaliy kömak körsatiş hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvçi yoşlarning bandligini taʼminlaşga qaratilgan.