Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi targ‘ib qilindi

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi targ‘ib qilindi

22.09.2026 в 16:05Qabul yangiliklariMatbuot18

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda loyiha doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga aileaders.uz va omp.aistudy.uz ta’lim platformalari orqali sun’iy intellekt yo‘nalishida bilim olish, zamonaviy ko‘nikmalarni egallash hamda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lish tartibi tushuntirildi.

Дополнительные фото4

Поделиться: