
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talaba-yoşlarning sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş, ularning zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan tarğibot-taşviqot tadbiri ötkazildi.
Tadbir davomida “Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda loyiha doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida talabalarga batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, talabalarga aileaders.uz va omp.aistudy.uz taʼlim platformalari orqali sunʼiy intellekt yönalişida bilim oliş, zamonaviy könikmalarni egallaş hamda öquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, tegişli sertifikatlarga ega böliş tartibi tuşuntirildi.