Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Yetti ustuvor yo‘nalish – muhim vazifalar

Yetti ustuvor yo‘nalish – muhim vazifalar

25.09.2026 в 10:07YangiliklarMatbuot28

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi bayram tadbiridagi ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov mazkur ustuvor yo‘nalishlarning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati, yoshlar oldidagi vazifalar hamda ularni amalga oshirishda yoshlarning faol ishtiroki haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida tushunchalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Дополнительные фото4

Поделиться: