
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida talabalarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi bayram tadbiridagi maʼruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yönalişning mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov mazkur ustuvor yönalişlarning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati, yoşlar oldidagi vazifalar hamda ularni amalga oşirişda yoşlarning faol iştiroki haqida maʼlumot berdi.
Uçraşuv davomida talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida tuşunçalarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.