Перейти к основному содержанию
На сайте идут технические работы: несколько минут некоторые разделы могут не работать.
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

XATIRCHI POLITEXNIKUMI VAKILLARI FILIALDA

XATIRCHI POLITEXNIKUMI VAKILLARI FILIALDA

16.06.2025 в 11:47TashriflarMatbuot321 мин. чтения

Navoiy viloyatidagi Xatirchi tuman politexnikumi mas'ullari SamDU Kattaqo'rg'on filialiga kelishdi.

Kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida 2024-yilning 16-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq Xatirchi tuman politexnikumi SamDU Kattaqo'rg'on filialiga biriktirildi.

Ushbu politexnikum faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha yo'l xaritasi tasdiqlangan. Ana shundan kelib chiqqan holda politexnikum direktori Zarifjon Fayziyev, direktor o'rinbosari Farhod Hamrayev filialda bo'lishdi.

Vakillar SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori o'rinbosari Sirojiddin Elmonov hamrohligida filial axborot resurs markazi, laboratoriyalar, rabototexnika markazi, o'quv jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Дополнительные фото7

Поделиться: