
Navoiy viloyatidagi Xatirçi tuman politexnikumi masʼullari SamDU Kattaqörğon filialiga kelişdi.
Kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlaş va boşqaruv tizimi samaradorligini oşiriş, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etiş hamda içki va taşqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardoş örta böğin kadrlari tayyorlaş tizimini isloh qiliş maqsadida 2024-yilning 16-oktabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida"gi Farmoniga muvofiq Xatirçi tuman politexnikumi SamDU Kattaqörğon filialiga biriktirildi.
Uşbu politexnikum faoliyatini yanada rivojlantiriş, taʼlim sifatini oşiriş hamda iş beruvçilar bilan hamkorligini yanada kuçaytiriş böyiça yöl xaritasi tasdiqlangan. Ana şundan kelib çiqqan holda politexnikum direktori Zarifjon Fayziyev, direktor örinbosari Farhod Hamrayev filialda bölişdi.
Vakillar SamDU Kattaqörğon filiali direktori örinbosari Sirojiddin Elmonov hamrohligida filial axborot resurs markazi, laboratoriyalar, rabototexnika markazi, öquv jarayonlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişişdi.