Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Rektor bilan “Kelajak soati”: “O‘zbekiston va jahon” mavzusida ma’rifat darsi

Rektor bilan “Kelajak soati”: “O‘zbekiston va jahon” mavzusida ma’rifat darsi

28.10.2025 в 16:31UchrashuvlarMatbuot701 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov “Kelajak soati” loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat darsi”da talabalarga “O‘zbekiston va jahon” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Darsning asosiy maqsadi — talabalarda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘rni va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora ortib borayotganini anglash, Yangi O‘zbekiston tashabbuslari haqida kengroq tasavvur hosil qilish hamda Vatan va millat oldidagi mas’uliyat hissini uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida O‘zbekistonning xalqaro do‘stlik aloqalari, amalga oshirilayotgan yirik islohotlar, Prezidentning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari misollar asosida yoritildi. Shuningdek, rektor talabalarga o‘z bilimlari, odobi va ijobiy faoliyati orqali Vatan obro‘sini oshirishga munosib hissa qo‘sha olishlarini tushuntirdi.
Ma’rifat darsi videolavhalar namoyishi, interaktiv usullar va fikr almashuvlar asosida tashkil etildi.
📝 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

Дополнительные фото4

Поделиться: