
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Şerzod Urakov “Kelajak soati” loyihasi doirasida taşkil etilgan navbatdagi “Maʼrifat darsi”da talabalarga “Özbekiston va jahon” mavzusida maʼruza öqidi.
Darsning asosiy maqsadi — talabalarda Özbekistonning jahon miqyosidagi örni va xalqaro maydondagi obrö-eʼtibori tobora ortib borayotganini anglaş, Yangi Özbekiston taşabbuslari haqida kengroq tasavvur hosil qiliş hamda Vatan va millat oldidagi masʼuliyat hissini uyğotişdan iborat böldi.
Tadbir davomida Özbekistonning xalqaro döstlik aloqalari, amalga oşirilayotgan yirik islohotlar, Prezidentning xalqaro miqyosdagi taşabbuslari misollar asosida yoritildi. Şuningdek, rektor talabalarga öz bilimlari, odobi va ijobiy faoliyati orqali Vatan obrösini oşirişga munosib hissa qöşa olişlarini tuşuntirdi.
Maʼrifat darsi videolavhalar namoyişi, interaktiv usullar va fikr almaşuvlar asosida taşkil etildi.
📝 Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati