Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

SamDUKFning "BOTANIKA BOG'I"da ko'chat o'tqazildi

SamDUKFning "BOTANIKA BOG'I"da ko'chat o'tqazildi

27.11.2024 soat 18:11Ekofaol talabalarMatbuot401 daqiqada o'qiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi tobora keng quloch yoymoqda. Bu SamDU Kattaqo'rg'on filialida ham har tomonlama qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda. Bugun, 2024-yil 27-noyabr kuni filialimiz talaba-yoshlari hamda professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan loyiha doirasida yana bir ezgu tashabbusga qo'l urildi.
"Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Kattaqo'rg'on shahar bo‘limiga qarashli Ko'rpa suv inshootining bo'sh turgan yer maydonida SamDU Kattaqo'rg'on filialining "Botanika bog'i" tashkil qilindi.
"Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil qilingan bog'da Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar, fakultet tyutorlari tashabbus ko'rsatib, 550 tup mevali daraxt ko'chatlari o'tqazishdi.
Tashabbusni filial direktori Sherzod Urakov hamda fakultet dekani Suxrob Rajabov boshlab berdi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: